REZERFORDIY (lot. Rezerfordium) , Rf — Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub sunʼiy radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 104. Barqaror izotoplari yoʻq, massa soni 253—262 ga teng boʻlgan 10 ta izotopi maʼlum. Eng uzoq mavjud boʻluvchi izotopi 261Rf (TI/2=1,1 min, anurlanuvchi). Oksidlanish darajasi +4. Ogʻirlik miqdorida olinmagan, uning xossalari faqat yakka atomlaridan foydalanib aniqlangan. Rezerfordiy izotoplari Pb, Pu, Cm, Br yoki CI nishonlarni Ti, Ne, O, N yoki S ning tezkor ionlari bilan uzoq vaqt nurlantirib hosil qilinadi. 257Rf (T,/2=4,5c), 25ʻRt (T|/2=Zs) va 26lRf izotoplarining afaollligini amerikalik kimyogar A. Giorso 1969 — 70 y. larda aniqlagan. P. (26ORi)hh rus fizigi va kimyogari G. N. Flyorov oʻz xodimlari bilan Pu nishonni Ne ning tezkor ionlari bilan nurlantirib olgan. Rossiyada bu element «Kurchatoviy» Kuy deb ataladi. Element E. Rezerford nomi bilan atalgan, IYUPAK tomonidan qabul qilingan, lekin hali tasdiklanmagan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые