REYSMAS, reysmus (nem. reipen — chizmoq va sar — oʻlchov) — yogʻoch yoki metall detallar tayyorlash uchun zagotovkalarni rejalashda qoʻllaniladigan chizmachilik asbobi. Metallarga ishlov berishda Reysmas masshtabli chizgʻichdan zagotovkaga oʻlchamlarni koʻchirish, reja chiziqlari chizish, chizikli oʻlchamlarni oʻlchash uchun ishlatiladi. Bunday Reysmas chizgʻich mahkamlanadigan qisqichli ustuncha (stoyka) dan iborat. Reysmas yordamida rejalashni tezlashtirish va anikligini oshirish uchun shtangenreysmasdan foydalaniladi. Duradgorlikda ishlatiladigan Reysmas 2 ta bir-biriga parallel qismlari boʻlgan qolipdan iborat. Bu qismlar ning bir uchida reja chiziklari chizish uchun chizgʻichlar boʻladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые