REYKA (rus. — yogʻoch gʻoʻla) — 1) tishli Reyka — bir tomoniga tishlar ochilgan prizmatik yoki silindrik sterjen; tishlari tishli gʻildirak (shesternya) tishlari bilan ilashib, ilgarilamaqaytma harakat qiladi. Aylanma qarakatni ilgarilama harakatga aylantirib beradi va aksincha. Yuk koʻtarish mexanizmlari, stanoklar va b. da qoʻllaniladi; 2) geodeziyada — a) ikki nuqta balandligini aniqlash uchun nivelir b-n ishlatiladigan moslama; toʻgʻri toʻrtburchak yoki dvutavr kesimli, 3—4 m uzunlikdagi yogʻoch taxtacha. Oʻngi (yuzi) da yoki ikkala tomonida shashkasimon yoki shtrix shkalali boʻladi; v) optikmexanik masofa oʻlchagich (dalnomer) bilan masofani oʻlchashda oʻzgaruvchan va oʻzgarmas bazis sifatida ishlatiladigan geodezik asbob; 3) suvokchilikda, yer oʻlchashda ishlatiladigan moslama (q. Gazchoʻp).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые