REVMOKARDIT

REVMOKARDIT, revmatik kardit (yun. kardia — yurak) — revmatizm oqibatida kelib chiqadigan yurak kasalligi. Bunda yurakning ichki (endokardit), muskulli (miokardit) va tashqi (perikardit) qavatlari yalligʻlanishi mumkin. Bemor darmonsizlanadi, isitmalaydi, yuragi tez-tez uradi va ogʻriydi, nafasi qisadi. Revmokarditdan soʻng koʻpincha yurak poroklari kelib chiqadi. Revmokardit yengil kechganda (boʻgʻimlar yalligʻlanmay, kasallik belgilari roʻyirost koʻrinmaganda) kasallik bemorni bezovta qilmay, oʻtib ketishi ham mumkin, shunga qaramasdan yurakda jiddiy patomorfologik oʻzgarishlar yuzaga keladi. Shuning uchun ham revmatizmning dastlabki alomatlari vujudga kelganda darhol vrachga murojaat qilish zarur (q. Revmatizm). Revmokardit qaytalaganda bemorning ahvoli ogʻirlashadi, qon aylanishi buziladi, shuningdek, yurak porogi va miokardda chandikli oʻzgarishlar paydo boʻlishi kuzatiladi. Revmokarditning oldini olish va davolaщda vrachga uchrashib, uning koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilish kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x