REVMATOLOGIYA

REVMATOLOGIYA (revmatizm va …logiya) — klinik tibbiyot boʻlimi. Revmatologiya revmatik kasalliklarni: biriktiruvchi toʻqimalarning sistemali kasalliklari (revmatizm, sistemali qizil volchanka, sistemali sklerodermiya, dermatomiozit va tugunchali periarteriit), artritlar (revmatoid va b.), osteoartrozlarni oʻrganadi. Revmatologik kasalliklar 120 dan ortiq nozologik shakllarni oʻz ichiga oladi. Revmatologiya masalalari bilan klinitsistlar, morfologlar, immunolog va biokimyogarlar, fiziologlar, radiologlar va b. shugʻullanadi. Revmatologiya nefrologiya, kardiologiya, gematologiya, pulmonologiya va tibbiyotning boshqa boʻlimlari bilan chambarchas bogʻliq.

Boʻgʻimlarning (revmatik) yalligʻlanishini dastlab Gippokrat tavsifladi. «Revmatizm» terminini tibbiyotga birinchi bor 2-a. da Galen kiritdi. 19-a. ga kelib revmatizm harakat organlarining boshqa kasalliklaridan ajratib oʻrganila boshlandi. 19-a. ning 30-y. larida zamonaviy Revmatologiyaning asoschilari — fransuz olimi J. B. Buyo va rus olimi G. I. Sokolskiy boʻgʻimlar yalligʻlanishi b-n yurak zararlanishi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻlikdikni aniqladilar (shuning uchun revmatizm BuyoSokolskiy kasalligi deb ham ataladi). S. P. Botkin revmatizmning infeksiyaga aloqadorligini ochib berdi.

Oʻzbekistonda 30-y. lardan revmatizmga qarshi davo choralari koʻrilyshi munosabati bilan Revmatologiya mustaqil ilmiyamaliy fan sifatida shakllandi. Bunda terapevt prof. lar M. I. Slonim, Z. I. Umidova va b. ning. hissasi katta. Revmatizm, boʻgʻim va biriktiruvchi toʻqima kasalliklari muammolari bilan akad. R. A. Katsenovich, I. A. Mirzoyan, S. N. Yoʻldosheva, N. R. Nuriddinov, X. I. Yanbayeva, T. S. Soliyev va b. shugʻullanadi. Revmatoidli artrit, bodniig tarqalishi, rivojlanishi, klinik kechishi oʻrganildi (R. A. Qoraboyeva), revmatik kasalliklarda immun holat ustida tadqiqot olib borildi.

Keyingi yillarda yirik davolash va ilmiy muassasalar negizida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan ambulatoriya davolash kursi markazlarining kengaytirilishi revmatoidli artrit, shakl buzuvchi osteoartroz, podagra, ankilozlovchi spondiloartrit (Bexterev kasalligi) kabi kasalliklar ustida tadqiqot ishlarini rivojlantirishga imkon berdi.

Aholi oʻrtasida revmatizmning tarqalishini kamaytirish, ayniqsa, bolalar va oʻsmirlarda yuraktomir sistemasini zararlaydigan revmatik kasalliklarning oldini olish, bemorlarni har tomonlama tekshirish, kasallikni tez aniqlash va ularga tibbiy yordam koʻrsatish ishini tobora yaxshilash, Revmatologiya markazlarini kengaytira borish, davolash usullarini takomillashtirish Revmatologiyaning hozirgi dolzarb vazifalariga kiradi.

Toʻxtasin Soliyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x