DO`STLARGA ULASHING:
❓Revmatizm qanday kelib chiqadi?
📌Revmatizm yoki o‘tkir revmatik isitma yurak, bo‘g‘imlar, teriga va asab tizimiga ta’sir qiluvchi murakkab kasallik. A guruhidagi streptokokk infeksiyasidan kelib chiqqan tomoq og‘rig‘idan keyin paydo bo‘ladi.
📌Bu kasallik ko‘pincha antibiotiklar bilan davolanmagan yoki o‘tkir revmatik isitmani yuqtirishga moyilligi yuqori bo‘lgan 3 yoshdan katta bolalar va 21 yoshgacha bo‘lganlarga ta’sir qiladi.
📌Kardit. Kardit yurak yallig‘lanishi, revmatizmning eng keng tarqalgan asorati. Bunday holda, avval klapanlar, yurak mushaklari va tashqi membrana — perikard zararlanadi.
📌Poliartrit. Bo‘g‘imlar revmatik isitma bilan yallig‘lanadi, ular shishadi, qizaradi va og‘riydi. Odatda bu tizzalar, tirsaklar, to‘piqlar, bilaklarda kechadi. Og‘riq bir suyak bo‘g‘imida, so‘ngra ikkinchisida paydo bo‘ladi.
📌O‘tkir revmatik isitmaning keng tarqalgan xususiyati shuki, u umurtqa pog‘onasiga hech qachon ta’sir qilmaydi va kamdan kam hollarda yelka yoki barmoq bo‘g‘imlariga ta’sir qiladi.