REVGARIY Xoja Orif, Mohitobon (12-a. oʻrtalari, Shofirkon tumani Revgar qishlogʻi —1259) — xojagonnaqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi va nazariyotchilaridan biri. Bahouddin Naqshbandnnj maʼnaviy ustozlaridan hisoblanadi. «Qutbul avliyo» (valiylar yoʻlboshchisi) unvoni bilan mashhur. Abduxoliq Gʻijduvoniydan tasavvuf taʼlimotini oʻrgangan. Tasavvufning oʻzak jihatlari va nazariy masalalari haqida bahs yuritgan «Orifnoma» risolasini yozgan. Unda tasavvufning tavba maqomiga (solikning avvalgi barcha gunohlaridan tavba kilib, kelajakda biror gunoh ishni qilmaslikka azmu qaror berishi) alohida eʼtibor karatilgan. Revgariy tavbani «islom dinining tugʻi» deb taʼriflagan. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan. Ular orasida eng mashhuri Xoja Mahmud Anjir Fataviydir. Revgariy Shofirkon sh. da dafn etilgan. Qabri ustiga maqbara oʻrnatilgan. Maqbara va uning atrofidagi masjid mustaqillik yillarida taʼmirlangan. Revgariy qabri ziyoratgoh hisoblanadi.
As: Orifnoma, T., 1994.
Ad.: Haqqul I., Xoja Orif Mohitobon, T., 1996; Hofiz Tanish Buxoriy, Abdullanoma [1kitob], T., 1999; Trimingem Dj. S, Sufiyskiy ordenы v islame, M., 1989.