RETSESSIVLIK (lot. recessus — chekinish, olib tashlash) — geterozigota, yaʼni 1 genning 2 ta har xil alleliga ega boʻlgan organizmlarda gen allellaridan birining fenotipik namoyon boʻlmasligi. Retsessiv allellar yozma kichik harflar: a, v, s va b. bilan belgilanadi. Retsessiv allel gomozigota (aa) yoki gemizigota (a) holatga oʻtganida fenotipik namoyon boʻladi (yana q. Dominantlik).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые