RERIX Nikolay Konstantinovich

RERIX Nikolay Konstantinovich [1874.27.9 (9.10), Peterburg — 1947.13.12, Nagar, Hindistonning Panjob shtati] — rus rassomi, arxeolog, jamoat arbobi. Peterburg BAda oʻqigan (1893—97), Parijda malakasini oshirgan (1900—01). Rassomlarni ragʻbatlantirish jamiyati kotibi (1901-y. dan) va uning qoshidagi racm maktabi direktori (1906—18). Peterburg BA akad. (1909-y. dan). «Sanʼat dunyosi» birlashmasi aʼzosi (1910—19 y. lar uyushma raisi). 1918-y. dan xorijda (AQSH va Hindistonda) yashagan. Rerix ijodi mavzuini uning arxeologiya hamda slavyan va Skandinaviya mamlakatlariga, 20-y. lardan buddizmga boʻlgan qiziqish belgiladi («Dozor», 1905; «Tibet. Monastir», 1942; ikkalasi ham Rus muzeyida); dastlab tarixiy mavzularda asarlar yaratgan Rerix ijodida keyinchalik manzara, tabiat koʻrinishlari yetakchi oʻrinni egallay boshladi: «Chopar» (1897), «Dengiz ortidan kelgan mehmonlar» (1901), «Shahar qurmoqdalar» (1902) va b.

Rerix, shuningdek, teatr dekoratsiyasi (I. V. Stravinskiy, «Muqaddas bahor» baleti, 1913; A. P. Borodin, «Knyaz Igor» operasi, 1914 va b.) va monumental sanʼatda ham ijod qilgan. Markaziy va Sharqiy Osiyoda yirik ekspeditsiyalar uyushtirgan (1924—28 va 1934 — 35) hamda qimmatbaho arxeologik va etnografik materiallar toʻplagan.

20-y. lardan maʼrifatparvarlik faoliyati olib borgan Rerix jahon ax/1ining diqqatini jahon madaniy yodgorliklarini saklashga qaratdi; u ilgari surgan («R. pakti» deb atalgan) yoʻnalish asosida 1954-y. da koʻp mamlakatlar tomonidan maʼqullangan «Harbiy toʻqnashuvlar chogʻida madaniy yodgorliklarni himoya qilish» Xalqaro Gaaga konvensiyasi imzolangan.

Rerixning oʻgʻli rassom Svyatoslav Nikolayevich (1904—1991) 1919-y. dan Londondagi Qirollik akademiyasida, soʻng AQSHning Kolumbiya va Garvard untlarida meʼmorlikdan taʼlim olgan; 1926. y. da ilk bor Hindistonga borgan, 1936-y. dan esa oʻsha yerda muqim yashagan. Otasi Rerixning ijodiy anʼanalarini davom ettirgan, portret (otasi Rerix portreti, 1937 va b.), ramziy va janrli asarlar, ayniqsa, manzaralar («Himolay, quyoshning botishi», 1971 va b.) yaratgan. Oʻzbekistonda Rerix asarlari koʻrgazmalari tashkil qilingan (1999).

Moskvada xalqaro Rerixlar markazi tashkil qilingan (1991).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x