REPRODUKSION TEXNIKA

REPRODUKSION TEXNIKA — tasviriy matnrasmli asl nusxalar (rasmlarplakatlar va b.)dan nusxalar koʻchirish bilan bogʻliq boʻlgan texnika vositalari. Fotografiya apparatlari, fotokattalashtirgichlar, kontakt usulida nusxa koʻchirish apparatlari, fotografiya formalari — negativlar, diapozitlarni retushlash uchun moʻljallangan maxsus stollar, nusxa koʻchirish ramalari Reproduksion texnika jumlasiga kiradi. Fotosuratlarni ochiltirish, fotografiya formalarining nusxalariga kimyoviy ishlov berish qurilmalari, ofset bosma krliplarini tayyorlash potok liniyalari, namuna nusxalarini olish dastgoxlari, bosma mashinalar va b. ham Reproduksion texnika hisoblanadi. Reproduksion texnikaning elektron vositalari ham yaxshi rivojlangan; Mas, koʻp rangli tasvirlarni hosil qilishda qoʻllanadigan elektron rang ajratkichlar, elektrgravyura apparatlari (elektrongravyura avtomatlari). Bular bosma krliplar tayyorlash jarayonini ancha soddalashtirish va tozalashtirishga imkon beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x