REPLIKATSIYA, reduplikatsiya (replico — qaytarish) — nuklein kislotalarning oʻz-oʻzidan hosil boʻlish jarayoni, Replikatsiya tufayli genetik axborotning aniq koʻchirilishi va naslga utishi taʼminlanadi. Replikatsiya mexanizmining asosida DNK molekulasining DNK matritsasi (qolipi) da yoki RNK molekulasining RNK matritsasida fermentativ reaksiyalar yordamida sintezlanishi yotadi. Bu reaksiyalarni amalga oshiradigan fermentlar orasida 1 sek. da 1000 tagacha nukleotidni sintezlaydigan (bakteriyalarda) DNK polimeraza fermenti muhim oʻrinni egallaydi. DNK molekulasi yarim konservativ xususiyatga ega, yangi hosil boʻlayotgan 2 ta DNK molekulasidagi zanjirlarning biri «eski», boshqasi «yangi» boʻladi. Replikatsiya birligi replik o n hisoblanadi. Termin F. Jakov va S. Brenner tomonidan taklif qilingan. Prokariotlar genomi, odatda, bitta, eukariotlar genomi juda koʻp replikonlardan tashkil topgan. Tirik organizmlarda in vivo sharoitida boradigan Replikatsiya oʻta aniq jarayon hisoblanadi. Nuqgali mutatsiyalarni vujudga keltiradigan xatoliklar juda kam boʻlib, avlodga nisbatan har bir nukleotid uchun 10ʻ dan yuqori boʻlmaydi. Eukariotlarda Replikatsiya birmuncha sekin (sekundiga 100 nukleotid), ammo bir vaqgning oʻzida bir DNK molekulasining bir necha nuktasida amalga oshadi. Replikatsiyani xromosomalar sonining 2 baravar ortishi ham deyiladi. Bu jarayon asosida DNK R. si yotadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые