REPATRIATSIYA (lot. repatriatio — vatanga qaytish) — urush oqibatida vatanidan tashqariga chiqib qolgan harbiy asirlar va fuqarolarni, shuningdek, fuqarolik huquqi tiklangan muhojirlarni oʻz vataniga qaytarish. Repatriatsiya odatda, xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi (Mas, harbiy asirlarni Repatriatsiya qilish). Shuningdek, shartnomadan tashqari asosda ham boʻlishi mumkin. Bu holda Repatriatsiya qilish imkoniyati manfaatdor davlat yoki davlatlar qonunlarida nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые