REOSTAT (yun. rheos — oqim va statos — qoʻzgʻalmas) — elektr zanjiridagi tok yoki kuchlanishni rostlab turadigan qurilma. Asosan, faol qarshilikdan iborat; qarshilikni ravon yoki pogʻonali oʻzgartirish mumkin. Vazifasiga koʻra, Reostat ishga tushirish, ishga tushirishrostlash, rostlash va nagruzka, qarshilik; materialiga koʻra, metall, lampali, suyuqlikli va koʻmirli xillarga boʻlinadi.
Ishga tushirish Reostati elektr dvigatellarni ishga tushirishda tokni cheklash uchun ishlatiladi. Ishga tushirish — rostlash Reostati elektr dvigatellarini ishga tushirish paytida tokni cheklash b-n birga zanjirdagi tok yoki kuchlanishni rostlaydi. Rostlash Reostati elektr zanjirida tok yoki kuchlanishni rostlab turish uchun moʻljallanadi. Nagruzka Reostati esa akkumulyatorlar batareyasini zaryadlash va b. maqsadlarda ishlatiladi (Mas, lampali Reostat). Su yuql ikl i R. ichiga elektrolit toʻldirilgan va elektrod botirilgan idishdan iborat. Uning karshiligi elektrodlar orasidagi masofani yoki elektrodlarning suyuklikka botish chuqurligini oʻzgartirib rostlanadi. Koʻmirli Reostat yupqa koʻmir shaybalaridan ustuncha koʻrinishida yigʻiladi. Uning qarshiligi ustunchalarga qoʻyiladigan bosimni oʻzgartirib rostlanadi.