REOLOGIYA

REOLOGIYA (yun. rheos — oqish, oqim va… logiya) — moddalar (jismlar) ning oquvchanligi va deformatsiyalanishi bilan bogʻliq jarayonlarni oʻrganish b-n shugʻullanadigan fan. R. da turli qovushqoq, plastik materiallarning qaytmas qoldiq deformatsiyasi va oqishi b-n bogʻliq jarayonlar xamda siljish (elastiklikning keyingi taʼsiri va kuchlanish relaksatsiyasi) hodisalari koʻriladi. Reologiya iborasini ilk bor amerikalik olim Yu. Bingam kiritgan va rasman 1929-y. da qabul qilingan. Reologiya muammolari texnikada turli i. ch. jarayonlari texnologiyasini yaratishda, har xil materiallar (metall, polimer, grunt, beton, oziqovqat mahsulotlari va b.)ga taallukli loyihalash va konstruktorlik hisoblash ishlari va b. da kup uchraydi.

Reologiyaning bir necha boʻlimlari mavjud. Nazariy Reologiya (fenemologik Reologiya yoki makroreologiya) ni tutash muhitlar mexanikaSining bir qismi deb karash mumkin. U gidromexanika va deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi orasidagi oʻrinni egallaydi. Reologiya jiyemga taʼsir etuvchi mexanik kuchlanishlar bilan ular hosil qilgan deformatsiyalar orasidagi munosabatlarni va ularning vaqt boʻyicha oʻzgarishlarini aniqlaydi. Tutash muhitlar mexanikasidagi materiallarni bir jmneli va tutash, degan farazlarga binoan nazariy Reologiyada qattiq, suyuq va b. jismlarning deformatsiyalanishi va oqishiga taallukli turli chegaraviy masalalar yechiladi. Materiallarning reologik holatini ifodalash uchun mexanik modellar tuzilib, ulardan polimerlarning mexanik xususiyatlarini, qattiq jismlardagi ichki ishqalanishni va real jismlarning boshka xususiyatlarini oʻrganishda foydalaniladi. Eksperimental Reologiya (reometriya) moddalarning turli reologik xususiyatlarini maxsus asboblar va sinash mashinalari yordamida urganadi. Mikroreologiya mikrohajmlar (Mas, dispers tizimlardagi dispers fazasi zarrachasi) dagi deformatsiya va oqish jarayonlarini urganadi.

Bioreologiya odam va hayvonlardagi har xil biologik suyuqlik (Mas, qon va b.) ning oqishi, turli toʻqimalar (mushak, suyak, kon tomirlari) dagi deformatsiyalarni urganadi.

Reologiya asosida I. Nyutonning qovushqoq suyuqliklar harakatiga qarshilik qonunlari, NavyeStoks, J. Maksvell, U. Tomson va b. ning tadqiqotlari yotadi. Bu fanning rivojlanishiga oʻzbek olimlari H. Rahmatullin, J. Fayzullayev (suyukliklar Reologiyasi), T. Rashidov, T. Shirinquyaov, Gʻ. Hojimetov (qattiq jism va gruntlar Reologiyasi) va b. hissa qoʻshishgan.

Gʻaibnazar Hojimetov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x