REOFIL HAYVONLAR (yun. rheos oqim va… fil) — oqar suvlarda: daryo, soylar, dengizning suv koʻtarilib qaytadigan sayoz va doimiy oqim taʼsirida boʻlgan qismida yashashga moslashgan organizmlar. Ayrim Reofil hayvonlar butun hayotini, boshqalari faqat muayyan rivojlanish davrini oqar suvlarda oʻtkazadi. Mas, ayrim kunliklar, buloqchilar, ninachilar, oʻtkinchi baliqlar lichinkasi oqar suv bilan bogʻliq. Reofil hayvonlarning koʻpchiligi kam harakat, filtrlab oziqlanadi (gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, koʻp tukli halqalilar, moʻylovoyoq qisqichbaqasimonlar).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые