RENUAR (Renoir) Pyer Ogyust (1841.25.2, Limoj — 1919.17.2, KansyurMer) — fransuz rassomi, grafik va haykaltarosh; impressionizm namoyandasi. 50-y. larda chinni, parda, yelpigʻichlarga racm (gul) ishlash bilan shugʻullangan. 1862—64 y. lar nafis sanʼat maktabida oʻqigan. Shu davrda K. Mone, A. Sisley, F. Bazil bilan tanishgan. Dastlabki asarlarini G. Kurbe, E. Mane taʼsirida yaratgan. 60—70-y. lar chegarasida plenerda ijod qilishga oʻtgan Renuar inson shaklini oʻzgaruvchan nur havo muhitida tasvirlaydi («Senada choʻmilish», 1869; «Loja», 1874), tabiat b-n uygʻun tabiiy muhit, insonlar munosabati, hayotiy vaziyatlar rassomni oʻziga tortadi, ayniqsa, bayramona hayot tarzi (bal, raqs, sayr va h. k.)da joʻshqin va quvnoq hayotni aks ettiradi («Mulen de la Galet», 1876 va b.); ayollar obrazi rassom ijodida goʻzal maftunkorligi bilan alohida oʻrin tutadi («Tushlikdan soʻng», «Soyabonlar» — 1879; «Yalangoch ayol», 1876; «J. Samori portreti», 1877 va b.). R. hayot oqimidan aniq yulib olingan, ayni paytda muhrlangan lahzali asarlar yaratib, impressionizm asoschilaridan biriga aylandi; monoxrom rangtasvirda ajoyib kolorist sifatida namoyon boʻldi («Qora kiyimdagi qizlar», 1883); yengil va mayin chizigʻi bilan ajralib turuvchi rasmlar yaratdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые