RENTGEN RASADXONASI

RENTGEN RASADXONASI — Yer sunʼiy yoʻldoshlari (YESY) sifatida orbitaga chiqarilgan apparatlar; kosmik yoritqichlarni ulardan chiqadigan rentgen nurlarda tekshirishga moʻljallangan. Quyosh va b. rentgen nur manbalarini tekshirishda qoʻllaniladi. 1970-y. dan boshlab turli davlatlarda bortiga Rentgen rasadxonasi oʻrnatilgan 10 dan ortiq YESY uchirilgan. Mac, CAC, Skylab, XEAO, GOES (AQSH), Xakutyo, Yphkoh (Yaponiya), Astron (SSSR), SoHO (AQSH va Yevropa) tipidagi yoʻldoshlar.

Rentgen rasadxonasiga rentgen teleskoplar oʻrnatiladi. Bular osmon va Quyoshning barcha sohalarining rentgen suratlarini olib, Yerga uzatib turdi. Bu suratlarga asoslanib, kosmik rentgen manbalari (Galaktikada 100 ga yaqin, Magellan bulutlarida 30 dan ortiq va Andromeda tumanligida 10 dan ortiq) topildi va oʻrganildi. Quyosh atmosferasidagi rentgen tuzilmalar va jarayonlar magnit tabiatga ega ekanligi ochildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x