REN, Renn — Fransiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. IliVilen departamentining maʼmuriy markazi va Bretan tarixiy viloyatining bosh shahri. Aholisi 212,4 mingkishi (1999). Transport yoʻllarining yirik tuguni, kanallar orqali LaMansh boʻgʻozi bilan bogʻlangan. Q. x. va elektrotexnika mashinasozligi, avtomobilsozlik, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. 2 unt, muzeylar bor. R. gallarning qad. shahri. 11—18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklaridan Adliya saroyi, ratusha binosi saqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые