REMPEL Lazar Izrailevich (1907.7.11, Kishinyov — 1992, Moskva) — sanʼatshunos. Sanʼatshunoslik d-ri (1963), prof. (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966). Moskva sanʼat un-tini tugatgan (1931). 1937-y. dan Buxoro, Samarqand, Jambul muzeylarida, bir qancha arxeologik ekspeditsiyalarda qatnashib, Oʻrta Osiyo xalqlari sanʼati tarixini oʻrgangan. Sanʼatshunoslik i. t. instituti meʼmorlik, tasviriy va amaliy sanʼat boʻlimining mudiri (1954—84). Asosan, Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo sanʼati, meʼmorligi tarixini oʻrganishga bagʻishlangan asarlarida Oʻzbekiston meʼmorligi bezagi, tuzilishi tarixi va nazariyasi masalalarini yoritgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1966).
As: Pandjara. Arxitekturnыye reshyotki i ix postroyeniye, T., 1957; Vыdayuщiyesya pamyatniki arxitekturы Uzbekistana, T., 1958 v soavtorstve); Vыdayuщiyesya pamyatniki izobrazitelnogo iskusstva Uzbekistana, T., 1960 (v soavtorstve); Arxitekturnыy ornament Uzbekistana, T., 1961; Reznoy shtukAfrasiaba, T., 1971 (v soavtorstve); Dalekoye i blizkoye, T., 1981.