REKORDER (ing. record — yozmoq) — 1) tovush toʻlqinlarini elektr tebranishlariga aylantirib beradigan qurilma. Grammofon plastinkalariga tovush yozish apparatida ishlatiladi. Tovush yozib olishda nina bosim ostida grammofon plastinkasida toʻlqinsimon iz sosil qiladi. Rekorderning dinamik va mexanik turlari bor. Dinamik Rekorder kengtarqalgan. Uning asosiy texnik parametrlari: 50— 30000 Gs chastota diapazonida ishlaydi, nominal quvvati bir necha oʻn Vt;
2) kema va qirgʻoq gidrolokatsiya st-yalarida akssado signallarini qogʻozga yozib olish uchun foydalaniladigan qurilma (indikator).