REKET

REKET (ing. racket — qoʻrqitish, doʻq-poʻpisa) — tovlamachilik, qoʻrqitish, doʻqpoʻpisa, zoʻravonlik va b. yoʻllar bilan biror narsa undirish. Odamlarni garovga olish orqali, avtomobillarni oʻgʻirlab egalaridan katta pul talab qilish kabilar Reketga kiradi.

Reket dastlab Italiyaning Sitsiliya orolida paydo boʻlib, soʻng butun Yevropa mamlakatlariga yoyiddi. AQSHda zoʻravon tovlamachi gangsterlar Reket deyilgan. Sobiq SSSR hududida 80-y. larning 2-yarmidan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar, kooperativlar, xususiy korxonalar, birjalar, savdo uylari, tijorat doʻkonlari paydo boʻlishi bilan Reket vujudga keddi. Reket ogʻir jinoyatlar guruhiga kiradi. Oʻzbekistonda unga qarshi keskin kurash olib borilishi natijasida Reket bilan bogʻliq jinoyatlar ancha kamaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x