REJALASHTIRISH

REJALASHTIRISH — milliy iqtisodiyotning turli darajalarida (mikrodarajada — korxonalar va ularning ayrim boʻlinmalari, shuningdek, korxonalar guruhlari, tarmoklar, sektorlar va mintaqalar miqyosida; makrodarajada — mamlakatning butun iqtisodiyoti miqyosida) ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tartibga solish va boshqarish shakllari. Joriy, qisqa muddatli (oylik, choraklik, yillik), oʻrta muddatli (5 yillik) va istiqboldagi — uzoq muddatli (10—15 yillik) Rejalashtirishga boʻlinadi.

Sovet iqtisodiyotida xalq xoʻjaligini markazlashtirilgan Rejalashtirish xoʻjalik mexanizmining asosiy boʻgʻini hisoblangan va direktiv, manzilli, barcha xoʻjalik yurituv subyektlar uchun majburiy boʻlgan. Rejalar tizimi mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning yagona xalq xoʻjaligi rejasi, tarmoklar va mintaqalar rejalari, shuningdek, korxonalar rejalarini oʻz ichiga olgan. Rejalashtirishni davlat miqyosida maxsus organlar — SSSR Davlat plan (rejalashtirish) qoʻmitasi va ittifokdosh respublikalar Davlat plan (rejalashtirish) qoʻmitalari hamda ularning viloyat, tuman boʻlinmalari ishlab chiqqan. 1928-y. dan boshlab SSSRda xalq xoʻjaligini rivojlantirishning 5 yillik rejalari amaliyotga kiritilgan va bu tartib 1991-y. ga qadar saqlanib keldi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida Rejalashtirish korxonalar darajasida biznes rejalar tuzish shaklida (ichki firma R.) (q. Biznes reja), kompaniyalar guruchlari darajasida korporativ rejalar shaklida amalga oshiriladi. Bir qator rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda makrodarajada Rejalashtirish davlat tomonidan tartibga solishning muhim va keng tarqalgan shakli boʻlib keldi. 1950-y. lar oʻrtalaridan bu mamlakatlarda indikativ Rejalashtirish, yaʼni tavsiya etiladigan, maslahat tarzidagi Rejalashtirish amalga oshirila boshladi. Bunday Rejalashtirish Fransiya va Yaponiyada oʻtgan asrning 70-y. lariga qadar, ayrim mamlakatlar, Mas, Koreya Respublikasi va Tayvanda 80-y. lar oʻrtalarigacha amal qildi. Indikativ rejalarda i. ch. va isteʼmol hajmlari, tuzilmasi, oʻsish surʼatlari, narxlar dinamikasi, eksport va import, investitsiyalar va b. ning asosiy koʻrsatkichlari belgilanadi. Shuningdek, bu rejalarda bozor subyektlarini qoʻyilgan maqsadlarni bajarish, rejali indikatorlar (koʻrsatkichlarni amalga oshirish) sari yoʻnaltirilgan iqtisodiy stimullar tizimi, daromadlar va bandlik, soliklar boʻyicha bevosita va bilvosita dastaklari ham keltiriladi.

Bu umumiy rejalar tizimi, shuningdek, milliy iqtisodiyotning ayrim sektorlari va tarmoqlarini rivojlantirish rejaprognozlarini ham oʻz ichiga oladi. Reja boʻyicha tanlangan ustuvorliklarni moliya va sanoat guruhlari, tadbirkorlar uyushmalari, kasaba uyushmalari va b. manfaatli guruhdar bilan kelishib olish tartibi indikativ Rejalashtirishning tarkibiy unsuri hisoblanadi. Xuddi shu mexanizmlar muayyan davr davomida davlat boshqaruvidagi bunday shaklning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini taʼminladi. 70-y. larning oʻrtalaridan boshlab boshqarishni markazlashtirmaslik jarayonlari taʼsirida indikativ Rejalashtirish tizimi parchalanib ketdi va uning oʻrniga uzoq muddatli strategik rejalashtirish usuli qaror topdi.

Davlatning Rejalashtirish faoliyatida davlat buyurtmalari (q. Davlat buyurtmasi), kontraktlar tizimi vositasida amalga oshiriladigan biron-bir tarmoqni rivojlantirishga doir umumiy va maxsus davlat dasturlari hamda loyihalari — dasturlar boʻyicha boshqarish markaziy oʻrinni egalaydi. Mas, Fransiyada umummilliy 5 yillik rejalar aksariyat holatda tadqiqot xarakteriga ega. Uning tarkibiy qismi sherik hamkorlar — tadbirkorlar, markaziy va mahalliy hokimiyat organlari, kasaba uyushmalari va b. jamoatchilik intlari tomonidan birgalikda moliyalashtirishni nazarda tutadigan loyihalardan iborat. Yaponiyada 5 yillik rejaning mohiyatini kelajak davrda mamlakatni ijtimoiyiktisodiy rivojlantirishning konsepsiyasi tashkil etadi.

Oʻzbekistonda ham xukumat tomonidan Iqtisodiyot vazirligi va b. vazirliklar va idoralar ishtirokida strategik rejalashtirish tizimini barpo etish, shuningdek, mamlakatni ijtimoiyiktisodiy rivojlantirishning 10—15 yilga moʻljallangan uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlari olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2004—2006-y. larda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi (2003), Oʻzbekiston Respublikasi aholisini 2010-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi (1995) va b. oʻrta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqilgan. Oʻzbekistonda davlataksiyadorlik korxonalarining rejalari negizini davlat buyurtmasi tizimi tashkil etadi.

Rejalashtirishning turlari orasida ijtimoiy Rejalashtirish alohida ahamiyatga ega. Bunday Rejalashtirish milliy iqtisodiyotning ijtimoiyiktisodiy samaradorligini oshirish, ijtimoiy jarayonlarni okilona boshqarishning oʻziga xos shakli hisoblanadi. Bunday Rejalashtirishda ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholi turmush darajasi va sifatini tavsiflaydigan boshqa barcha koʻrsatkichlarni rejalashtirish nazarda tutiladi.

Oʻrozmamad Qalandarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x