Abu AMMAR
Kompaniya direktori kotibasini chaqirib dedi:
– Ertaga ish bilan bir haftaga chet elga ketamiz. Hamma narsalarni tayyorla!
Kotiba shu zahoti eriga qoʻngʻiroq qildi:
– Azizim, ertaga xoʻjayinim bilan chet elga ketishimga toʻgʻri keladi.
Er ham bu xabarni oshnasiga yoʻlladi:
– Xotinim bir haftaga ketayapti, bir oʻtiraylik endi…
Oshna esa maktabda oʻzidan dars oladigan oʻquvchisiga SMS yozdi:
– Ertaga band boʻlaman. Dars qoldiriladi.
Bolakay boʻlsa bobosiga sim qoqdi:
– Bobojon, ertaga darslarim yoʻq ekan. Keling, bogʻni sayr qilamiz.
Bobo (direktor) esa kotibasini chaqirdi:
– Nabiram bilan koʻrishishim kerak, ertaga keta olmaymiz.
Kotiba eriga qoʻngʻiroq qildi:
– Biz ish safarini bekor qildik.
Er oshnasini yoʻqladi:
– Ogʻayni, koʻrisholmaymiz. Xotinim ketmaydigan boʻldi.
Oʻqituvchi bolakayga SMS yoʻlladi:
– Ertaga har doimgidek dars oʻtamiz.
Bola bobosi bilan bogʻlandi:
– Bobo, ertaga dars ekan. Boqqa borolmaymiz.
Direktor esa yana kotibasini huzuriga chorladi:
– Ertaga safarga chiqadigan boʻldik. Narsalarni hozirla!
Nodirabegim IBROHIMOVA tarjimasi
Manba: ishonch.uz sayti
https://saviya.uz/ijod/nasr/rejalar/