REGISTR (lot. registrum — roʻyxat) musiqada — 1) akkordeon, bayan, klavesin kabi musiqa cholgʻularida tovush kuchi va tembrini oʻzgartirishga imkoniyat beruvchi moslama;
2) organda bir xil tuzilishga hamda tovush tusiga ega boʻlgan trubalar guruhi;
3) musiqa cholgʻu asbobi yoki xonanda diapazonining bir xil tembrga ega tovushlar guruhi. Xonanda ovozining muayyan Registr tovushlari bir usulda (Mas, koʻkrak. bosh yoki aralash rezonator yordamida) chiqariladi.