REGISTON ANSAMBLI — Samarqandning Registon maydonida 3 Madrasa (Ulugʻbek madrasasi, Tillakori Madrasa, Sherdor Madrasa) dan iborat meʼmoriy majmua. Dastlab Ulugʻbek madrasasi (1417—20) bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydon sharqiga Ulugʻbek xonaqohi (1424), shim. ga Mirzoyi karvonsaroyi, jan. ga Alika Koʻkaldosh Juma mayejidi (1430) kurdirgan, yonida esa yogʻochdan xotamkori uslubida mayejidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 15-a. ning 20—40y. larida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan. 17-a. da Samarqand hokimi Yalangtoʻsh Bahodir vayrona holatdagi Ulugʻbek xonaqohi oʻrniga Sherdor Madrasa (1619—1635/36)ni, Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga Tillakori madrasamasjidi (1646/47 — 1659/ 60) ni qurdirgan. Registon ansambli oʻzining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Oʻrta Osiyo meʼmorligining noyob yodgorligi hisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые