REFRAKTOMETRIYA

REFRAKTOMETRIYA (lot. refractus singan va…metriya) — optik texnika boʻlimi. Qattiq, suyuqva gazsimon moddalar yorugʻlik spektrining turli sohalaridagi sindirish koʻrsatkichini oʻlchash asosida ularning fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq qilish usullari b-n shugʻullanadi. Refraktometriya miqdoriy kimyoviy analiz usullarining eng qulay usuli hisoblanib, kam miqdordagi (0,001 g) moddani katta aniqlikda (0,001%) tez analiz qilishga imkon beradi.

Kimyoda murakkab organik birikmalarning tuzilishini aniqlashda foydalaniladi. Refraktometriya shaxtalardagi xavoni analiz qilishda, ayniqsa, metanning (portlaydigan gazlarning) konsentratsiyasini bilishda muhimdir. Refraktometriya geologiyada minerallar konsentratsiyasini, oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarning sifatini, q. x. mahsulotlarining pishib yetilganlik darajasini aniqlashda, tibbiyotda esa meʼda shirasi va b. analizida, texnikada turla texnologik jarayonlarni boshqarish hamda avtomatik nazorat qilishda koʻllaniladi. Yorugʻlikning sindirish koʻrsatkichini aniqlash refraktometrlar yoki maxsus interferometrlar yordamida bajariladi.

Ad:. Ioffe B. V., Refraktometricheskiye metodы ximii, 2 izd., L., 1974.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x