REFORMATSIYA

REFORMATSIYA (lot. reformatio oʻzgartirish, isloh qilish) — 16-a. da Gʻarbiy va Markaziy Yevropada tarqalgan ijtimoiy harakat. Asosan, zamindorlarga qarshi xarakterda boʻlib, katolik cherkovi (zamindorlarning asosiy gʻoyaviy tayanchi)ga qarshi kurash tu sini oldi. 1517-y. Germaniya da M. Lyuterning katolik cherkoviga qarshi chiqishi b-n boshlangan. Reformatsiya mafkurachilari katolik cherkovi, uning iyerarxiyasi va umuman ruxrniylarning zarurligi amalda inkor qilingan gʻoyalarni ilgari surdilar; katoliklarning Muqaddas rivoyati rad qilindi, cherkovning yer boyliklari va b. ga boʻlgan huquklari inkor etildi. Reformatsiyaning asosiy oqimlari: byurger oqimi (Lyuter, J. Kalvin, U. Svingli); katolik cherkovini yoʻqotish talabini tenglik urnatish uchun kurash bilan bogʻlagan xalq oqimi (T. Myunser, anabaptistlar); uz hokimiyatini mustahkamlash va cherkovga tegishli yerlarni tortib olishga intilgan, dunyoviy hokimiyat manfaatlarini ifodalovchi qirolknyazlik oqimi. Reformatsiyaning gʻoyaviy bayrogʻi ostida 1524—26 y. larda Germaniyada Dehqonlar urushi, Niderlandiya va Angliya inqiloblari boʻlib utdi. Reformatsiya protestantizmta asos soldi (R. tor maʼnoda — protestantizm ruhida diniy islohotlar utkazish).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x