REDUPLIKATSIYA

REDUPLIKATSIYA (lot. reduplicatio ikkilanish, qoʻshaloqlanish) (tilshunoslikda) — soʻzdagi dastlabki boʻgʻinni yoki oʻzakni, butun soʻzni takror qoʻllash b-n takroriy soʻz, grammatik shakl hosil qilish usulidan iborat fonomorfologik hodisa. Shu nuqtayi nazardan qisman va toʻliq Reduplikatsiya turlari farqlanadi. hoz. oʻzbek tilida soʻz shaklining bu turi koʻplik, davomiylik va takroriylik kabi grammatik maʼnolarni ifodalaydi. Reduplikatsiya yoʻli bilan hosil qilingan birliklarda leksikgrammatik jihatdan bir butunlikni tashkil qiladi. Mas, balandbaland (imoratlar), dastadasta (gul), kulakula, oʻshaoʻsha, mingminglab kabi. Har qanday soʻzning takror holda (ketmaket) qoʻllanishi bilan Reduplikatsiya vujudga kelmaydi, yaʼni soʻzning takroriy shakli hosil boʻlavermaydi.

Reduplikatsiya jahondagi turli tuzumdagi koʻplab tillarga xos hodisa boʻlib, uning vazifasi ham xilmaxildir: Mas, Reduplikatsiya rarotonga tilida maʼnoni kuchaytirsa (tupu — oʻsmoq, tutupu — gurkirab oʻsmoq), malayya tilida koʻplikni hosil qilishning asosiy usuli (orang — odam, orangorang — odamlar) hisoblanadi. Baʼzi adabiyotlarda «Reduplikatsiya» termini «takroriy shakl», «takroriy soʻz» terminlari bilan sinonim tarzida qoʻdlanadi. Nemat Mahkamov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x