DO`STLARGA ULASHING:
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Rubin, Dungan, Lola, Mayskiy, Ertapishar va h. k.
Urug‘ tanlash. Ekiladigan urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, butun (sinmagan), vazndor, bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi.
Yer tayyorlash. Sabzavot ildizmevalar organik moddalarga boy o‘tloq tuproqlar, o‘g‘itlangan qumoq, yengil soz bo‘z tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi.
Ekish muddati. Rediska qisqa kunli soyaga chidamli o‘simlik, yorug‘lik yetishmasa ham o‘saveradi. U o‘g‘itlangan unumdor yerlarga erta bahorda fevral oxiri-mart boshlarida, ko‘pincha bir necha muddatda yoki kuzda – sentyabr oyida ekiladi. Rediska yozda ekilmaydi, chunki u yoz oylarida tez pishib o‘tib ketadi va ta’mini yo‘qotadi. Urug‘i ekilib, nihollar paydo bo‘lgandan juda tezpishar navlari 25-30, o‘rtapisharlari 35-40 va o‘rtachi kechki navlarining ildizmevalari 40-45 kunda yetiladi. Rediska urug‘ining unib chiqishi, o‘sib-rivojlanishi uchun eng qulay harorat o‘rtacha 15-18oS hisoblanadi. Lekin rediska past haroratda (8-12oS) ham o‘sadi va – 3-4oS sovuqqa bardosh beradi. Harorat 25-30oS va undan ham yuqori bo‘lganda rediska yog‘ochlashib, ta’mini va sifatini yo‘qotadi.
Parvarishlash. O‘simlik 1-2 tadan chinbarg chiqarganda yaganalanadi va bir yo‘la o‘toq qilinadi. Qatordagi o‘simliklar orasi kichik tezpishar navlar uchun 3-4 sm, kechpisharlariga esa 5-6 sm. da bir tupdan qoldiriladi. Bahordagi yog‘ingarchilikka qarab rediska 2-4 marta sug‘oriladi, qator oralari kultivatsiya qilinadi, begona o‘tlar yo‘qotiladi.
Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Rediska kasalliklarga ancha chidamli salqinsevar o‘simlik hisoblanadi.
Hosilni yig‘ishtirish. Rediska hosili ildizmevalari yetilishiga qarab 3-4 marta tanlab terib olinadi.
R. Hakimov, B. Azimov
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi sayti