REALIZM (lot. realis — moddiy, haqiqiy) — falsafiy yoʻnalish. Unga koʻra, ongdan tashqaridagi mavjud reallik goʻyo ideal obyektlarning mavjudligidan (Platon, oʻrta asr sxolastikasi) yoki subyekt, bilish jarayoni va tajribaga bogʻliq boʻlmagan bilish obyektidan (20a. falsafiy Realizmi) iboratdir. Oʻrta asr R. i universaliylar (umumiy tushunchalar) real va ongga bogʻliq boʻlmagan holda mavjud deb uqtirgan (q. Nominalizm). Hoz. zamon falsafasida realistik oqimlar ustuvorlik qiladi. Zamonaviy Realizmning muhim yoʻnalishlari: tarixiy materializm, neorealizm, neotomizm va yangi ontologiya hisoblanadi. Yangi ontologiyaning mazmunini metafizik Realizm tashkil etadi. Tahlil markazida reallik bizga qanday berilgan va uni biz qay darajagacha bila olamiz degan masala turadi. Hoz. zamon Realizm iga fenomenologiya va ekzistensializm muhim hissa qoʻshyapti.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые