REALGAR

REALGAR (arab. — raxj alxar — gor changi, kon changi) — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi AsS. Kristallari monoklin singoniyali, qisqa va uzun (5 sm gacha) prizmali, ignasimon. Tarkibida 70,1% As bor. Rangi olovsimonqizil, pushtisariq. Qattikligi 1,5—2. Zichligi 3400 — 3600 kg/m3. Oʻta moʻrt. Smolasimon yaltiroq, yogʻli. Quyosh nuri taʼsirida parchalanib auripigment (As2S3)ra aylanadi. Past haroratli gidrotermal konlarda auripigment va markazit, baʼzan kinovar va oltin bilan birga, issiq buloklar yotkiziklari va solfatarlarda, siderit konkretsiyalari, qumgilli yotqiziklarda uchraydi. Realgar margimush rudalari tarkibiga kiradi. Lokboʻyoq sanoati, pirotexnika, shishasozlik va b. da ishlatiladi. Konlari Zakavkazye, AQSH, Yaponiya, Gretsiya va b. joylarda bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x