REAL ISH HAQI

REAL ISH HAQI — moddiy neʼmat va maishiy xizmatlarda ifodalangan, ish haqiga sotib olish mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori; isteʼmolchilar oʻzlarining haqiqiy ish haklariga amalda qanday miqdorda isteʼmol neʼmatlari sotib olishlari va xizmatlardan foydalanishlari mumkinligini koʻrsatadi. Real ish haqi ham nominal ish haqi miqdori, ham isteʼmol tovarlari va xizmatlar narxlari darajasi, shuningdek, ish haqidan toʻlanadigan soliqpar hajmi bilan belgilanadi. Real ish haqi, inflyatsiya sharoitlarida, agar inflyatsiya ish haqini oshirish, indeksatsiyalash bilan krplanmaydigan boʻlsa, pasayib ketadi. Real ish haqii boshqa sharoitlar bir xil boʻlganda, nominal ish haqiga toʻgʻri mutanosib, isteʼmol buyumlari va xizmatlar narxi darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha ifodalash mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x