REAKTOR

REAKTOR (re… va lot. actor — harakatga keltiruvchi) — 1) elektr R. — qisqa tutashuv tokini cheklash va tarmoqda qisqa tutashuv sodir boʻlganda taqsimlash qurilmalari shinalarida yetarlicha kuchlanishni tutib turuvchi yuqori voltli elektr apparati. Induktivlik gʻaltagiga oʻxshash yasaladi. Elektr uzatuvchi liniyaning sigʻim oʻtkazuvchanligini kompensatsiyalaydigan shuntlovchi Reaktor, qisqa tutashish tokini cheklaydigan tok cheklovchi Reaktor, yerga ulash sigʻim toklarini kompensatsiyalaydigan, yerga ulanadigan, yey soʻndiruvchi Reaktor larga boʻlinadi;

2) kimyoviy Reaktor — kimyoviy reaksiyalar oʻtkaziladigan apparat. Alomatlariga koʻra, gomogen tizimlar va geterogen tizimlarda oʻtkaziladigan reaksiyalar uchun past, oʻrtacha va yuqori bosimli xillarga boʻlinadi. Sanoatda kolonka, kamera, avtoklav va b. nomlar b-n ataladi;

3) biologik Reaktor (fermentyor) — mikroorganizmlarni ozuqa muhitida va xoli sharoitda koʻpaytirib turli biologik mahsulotlar olishga moʻljallangan apparat. Davriy va uzluksiz oʻstirish, aerob (aeratsiya uchun havo berib turiladigan) va anaerob oʻstirish xillariga boʻlinadi;

4) yadro R. i — boshkariladigan zanjir reaksiyasi — atom yadrolarining parchalanish reaksiyasi sodir boʻladigan qurilma. Birinchi yadro Reaktor AQSH da (1942), keyin SSSRda (1946) ishga tushirilgan (yana q. Atom reaktori).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x