REAKSIYA

REAKSIYA (re… va lot. actio — harakat) —1) (psixologiyada) — inson va uning tana aʼzolari tomonidan muayyan tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilarga nisbatan qaytariladigan javob harakati. Reaksiya taassurot, qoʻzgʻatgich, qandaydir taʼsir etishning javobi sifatida paydo boʻluvchi hissiy holat, jarayon yoki harakatdir. Har qanday Reaksiya oʻz kechishining shakli, tezligi kabi xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Oddiy psixik Reaksiya vaqti 100 dan 250 millisekundgacha boʻlishi mumkin. Reaksiya tavsiflarining oʻzgarishi psixometriya sohasini vujudga keltirdi. Psixologiya va unga yondosh fanlarda tasniflash asosida yotuvchi alomatlarga bogʻliq tarzda Reaksiya xulqiy, fiziologik, hissiy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz kabi turlarga ajratiladi; 2) kimyoviy, fizik yoki biologik taʼsir yoʻli bilan tekshirishlar oʻtkazish (k,. Kimyoviy reaksiyalar, Vasserman reaksiyasi);

3) umri tugagan ijtimoiy tartiblarni saqdab qolish va mustahkamlash maqsadida ijtimoiy taraqqiyotga zoʻr berib qarshilik koʻrsatish.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x