(G`urbatda g`arib shodimon bo`lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo’lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg`a tikondek oshiyon bo’lmas.)
Oshiyon bo`lolmas,
Chunki qafas asli bulbulga vatanmas,
Hali bir tunim ham
Tushimda Navoiyni ko`rmasdan o`tganmas.
Yurakda Vatanga sevgi, yurakda eng ulug` tuyg`u,
Ohista qadam bosaylik, bobolarim yotgan tuproq bu.

Ohista qadam bosaylik, momolarim yotgan tuproq bu.
Ayollar yuzida
Bibixonim siymosini ko`raman,
Xayolda Ulug`bek bobom bilan
Rasadxonaga yulduz sanagani boraman.
Yurakda Vatanga sevgi, yurakda eng ulug` tuyg`u,
Ohista qadam bosaylik, momolarim yotgan tuproq bu.
Yurakda Vatanga sevgi, yurakda eng ulug` tuyg`u,
Ohista qadam bosaylik, bobolarim yotgan tuproq bu.
Boshqacha baribir
Bu qondosh el – Samarqandning shevasi,
Dunyoning zo`ri ham
Surxondaryolik bilan kurashaman demasin.
Yurakda Vatanga sevgi, yurakda eng ulug` tuyg`u,
Ohista qadam bosaylik, bobolarim yotgan tuproq bu.
Yurakda Vatanga sevgi, yurakda eng ulug` tuyg`u,
Ohista qadam bosaylik, momolarim yotgan tuproq bu.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.