RAUL (RaoulO Fransua Mari (1839, FurnanVen, Nor — 1901.1.4, Grenobl) — fransuz kimyogari va fizigi; Parij FA muxbir aʼzosi (1890), Grenobl unti prof. (1870-y. dan). Asosiy ilmiy tadqikrtlari eritmalar kimyosiga oid. Eritma ustidagi toʻyingan bugʻ bosimining sof erituvchining bugʻ bosimiga va erituvchida erigan modda konsentratsiyasiga bogʻliqligini (k,. Raul qonunlari) kashf qilgan (1882—88). Bu qonun moddalarning mol. m. ni aniqlashda qoʻllanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые