RATSIONALIZATORLIK

RATSIONALIZATORLIKtexnika vositalari, i. ch. texnologiyasi, mashina detallari, tayyor mahsulot va b. ni takomillashtirishga doir yangi texnik yechimlar hamda takliflarni ishlab chiqish b-n shutullanish. Ratsionalizatorlikning ixtirochilikdan farqi (q. Ixtiro) shundaki, u muayyan ishlab chiqarish, korxona b-n, bironbir texnologiya, mashina va qurilmaga yangilik kiritish bilan bogʻliq boʻladi, Ratsionalizatorlik aniq bir mashina, texnologik jarayon, detal va b. ni takomillashtirishga, ish unumdorligini oshirishga, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilashga qaratiladi. Mac, paxta terish mashinasining asosiy paxta terish organi — shpindelini takomillashtirishga doir taklif R. taklifi hisoblanadi. Ratsionalizatorlik taklifi berish shartlari, uni muhofaza qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-y. qabul qilingan qonunda belgilab qoʻyilgan. Ratsionalizatorlik uchun guvohnoma berish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi (q. Ixtirochilik huquqi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x