RAQAMLI HISOBLASH MASHINASI — amallar raqamli kodpar yordamida bajariladigan elektron hisoblash mashinasi. Unda qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlish amallaridan tashqari, mantiqiy amallar ham bajariladi. Raqamli hisoblash mashinasida misol yechish uchun, albatta, dastur tuziladi. Mashina amallarni zarur komandalar orqali maʼlum tartibda avtomatik ravishda yechadi. Tuzilgan dastur perforatsion (teshikteshik) lenta, magnit lenta va b. ga shartli kod bilan yozilgan holda maxsus (kirituvchi) qurilma yerdamida mashinaga kiritiladi.
Umuman Raqamli hisoblash mashinasi arifmetik qurilma, xotira qurilmasi, boshqarish qurilmasi va natija chiqaruvchi qurilmadan iborat. Arifmetik qurilma, asosan, qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish, boʻlish va mantiqiy amallarni bajarish uchun, xotira qurilmasi sonlar va komandalarni saklash uchun qoʻllaniladi. Boshqarish qurilmasi mashinaning bir meʼyorda ishlashini taʼminlaydi. Agar mashina notoʻgʻri ishlasa, uni tezda toʻxtatadi, mashina ishini doimo nazorat qilib turadi. Natija chiqaruvchi qurilma olingan natijalarni qogʻozga turli qurilmalar yerdamida qayd qilib boradi. Raqamli hisoblash mashinasida tranzistorlar va integral sxemalar ishlatiladi. Xalq xoʻjaligida Raqamli hisoblash mashinasi ilmiytexnik hisoblarni bajarish, maʼlumotlarni avtomatik tarzda qayta ishlash, jarayonlarni avtomatik boshqarish va b. uchun qoʻllanadi. 20-a. 60-y. laridan EHM termini racm boʻldi, 90-y. laridan shaxsiy kompyuterlar deb ataluvchi ixcham EHM lar koʻproq qoʻllana boshladi.