RAQAMLAR — sonlar ifodalanadigan shartli belgilar. Qadimda sonlar soʻzlar orqali ifodalangan. Xalqlarning ijtimoiyxoʻjalik hayoti rivojlanishi bilan mukammalroq belgilarga va hisoblash tizimlariga ehtiyoj tugʻildi.
Eng qadimgi Raqamlar bobilliklar va misrliklarga mansub. Misr iyeroglif Raqamlar ida (mil. av. 3000 —2500-y.) sonlarni ifodalash uchun maxsus rasmbelgilar, keyinroq iyeratik va demotik yozuvlari paydo boʻldi. Bobil raqamlari (mil. av. 2000 yil boshi), asosan, 1, 10, 60 va 100 ni bildiruvchi mixxat belgilari boʻlib, boshqa barcha Raqamlar shular asosida ifodalangan. Misr iyeratik yozuvidan Yaqin va Oʻrta Sharkdagi barcha yozuvlar hamda YunonIoniya yozuvi, shu bilan birga alifboga asoslangan Raqamlar kelib chikdi. Bosma yunon alifbosi slavyankirill va qarfiy Raqamlarga asos soldi. Hozirgi Raqamlarning timsollari ʻ (nol b-n birgalikda) Hindistonda 5-a. ga yaqin yuzaga kelgan. Bungacha Hindistonda kharoshti Raqamlari va u bilan deyarli bir vaqtda brahmi R. i boʻlgan. Brahmi Raqamlar idan hind gvalior R. i kelib chikdi. Gvalior Raqamlar esa arab Raqamlar iga asos boʻlgan. Arab R. i. sharqiy va gʻarbiy (gʻubor) Raqamlar idan iborat. Sharqiy arab Raqamlari Misr va undan Sharkdagi arab mamlakatlari, Eron qamda Afgʻonistonda, gʻarbiy arab Raqamlari (gubor) esa Misrdan gʻarbdagi mamlakatlarida qoʻllaniladi. Yevropada 9-a. dan boshlab gʻubor Raqamlari tarqaddi va tezda ommalashdi. Sharq mamlakatlari da esa gʻubor Raqamlari 19-a. gacha ham keng tarqalmadi (yana q. Arab raqamlari). Ad.: Yushkevich A. P., Istoriya matematiki v sredniye veka, M., 1961.