RAMAN (Raman) Chandrasekxara Venkata (1888.7.11, Tiruchchirappalli — 1970.21.11, Bengaluru) — hind fizigi. Hindiston FA aʼzosi va uning prezidenta (1934-y. dan). Madras un-tida taʼlim olgan (1903—07). Kalkutta un-tida ishlagan (1917—33). 1933-y. dan BengalurudagiFan in-ti direktori, 1933-y. dan oʻsha yerdagi Raman i. t. in-ti direktori. Ilmiy ishlari optika, akustika, molekulyar fizika va kristallar fizikasiga oid. P. hind fizigi K. S. Krishnan (1898— 1961) bilan hamkorlikda (rus olimlari L. I. Mandelshtam, G. SLandsbergdan mustaqil tarzda) yorugʻlikning kombinatsion sochilishi hodisasini kashf etdi va nazariy jihatdan asosladi (1928). Raman yorugʻlik difraksiyasi, ultratovush toʻlqinlar, kristallar fizikasi, atom yadrosi tuzilishi va b. sohalarda ham ilmiy ishlar kilgan. Nobel mukofoti laureati (1930).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые