RAKETALAR DINAMIKASI

RAKETALAR DINAMIKASI — reaktiv dvigatelli uchish apparatlari harakatini oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. R. d. ning nazariy asoslari 19-a. oxiri, 20-a. boshlarida yaratiddi, 20-a. 40-y.

lari oxiridan jadal rivojlana boshladi. Boʻlimlari:

1) raketalarning ogʻirlik markazi harakatini oʻrganish; bunda trayektoriyalarga oid masalalar nazariyasi yaratiladi;

2) raketalar harakatini ogirlik markaziga nisbatan oʻrganish; bunda kosmik kemalarni kosmosda tutashtirish, raketalarni boshqarish, moʻljalga toʻgʻrilash va b. masalalar hal qilinadi; 3) eksperimental Raketalar dinamikasi ; bunda raketalar harakatini tadqiq qilishning eksperimental usullari oʻrganiladi. Raketalar dinamikasida optik va radiotexnik asboblar, kompyuterlar qoʻllaniladi, ehtimoliy jarayonlar nazariyasidan foydalaniladi.

Raketalar dinamikasining asosiy vazifalaridan biri — dvigateli ishlab turgan raketalarning harakat qonunlarini oʻrganish. Raketa uchayotganda yonilgʻi yonishi tufayli massasi ancha kamayadi. Mas, bir bosqichli raketalar tezlik olish (start) paytida dastlabki ogʻirligining 90% ini yoʻqotadi. Dvigateli ishlab turgan raketalarning harakat qonunlari oʻzgaruvchan massali jismlar mexanikasi tenglamalari orqali ifodalanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x