RAHMONOVA

RAHMONOVA Toʻxta (1921.5.6, Toʻrtkoʻl — 1984.4.2, Nukus) — qoraqalpoq aktrisasi. Oʻzbekiston xalq artisti (1950). 1934-y. dan Stanislavskiy nomidagi Qoraqalpoq teatrida ishlagan. Tabiatan jarangdor ovozi bilan musiqali drama janrida drama va vokal kompozitsiyalarini uygʻunlashtirgan holda toʻlaqonli obrazlar yaratdi. Qoraqalpoq teatrining musiqali drama janridagi yutuqlari Rahmonova ijodi bilan bogʻliq. Gulsara («Gulsara»), Layli («Layli va Majnun»), Oypari («Kuklenbotir»), Gulparchin («Alpomish»), Oysanam («Suymaganga suykanma»), Oygul («Oygul va Obod»), ShohsanamOshiq Gʻarib») kabi rollari b-n shuhrat qozondi. Xonanda sifatida oʻzbek va qoraqalpoq qoʻshiqlarini ijro etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x