RAHMATULLIN Xalil Ahmedovich

RAHMATULLIN Xalil Ahmedovich (1909, Toʻqmoq sh., Qirgʻiziston — 1988.10.1, Toshkent) — mexanika sohasidagi olim. Oʻzbekiston FA akad. (1947), Oʻzbekiston va RSFSR da xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959, 1967). Mehnat Qahramoni (1979), fizikamat, fanlari d-ri (1943), prof. (1943). Moskva un-tini tugatgan (1934). Shu intda aerodinamika lab. (1937 — 52), gaz va toʻlqinlar dinamikasi kafedrasi (1952—88) mudiri. Oʻzbekiston FA prezidiumi aʼzosi va texnika fanlari boʻlimi raisi (1947—52). Oʻzbekistonda koʻp fazali muhitlar gidrodinamikasi ilmiy maktabi asoschisi. Asosiy ilmiy ishlari elastik va elastikplastik muhitlarda toʻlqinlar tarqalishining dinamik nazariyasi, elastik bogʻlanishlar boʻyicha koʻndalang zarba nazariyasi, tuproq dinamikasi, singdiruvchi jismlar aerodinamikasi, parashyutlar nazariyasi va koʻp fazali tizimlar mexanikasiga doir. Rahmatullin yuk tushadigan (nagruzkali) va yuk tushmaydigan (nagruzkasiz) toʻlqinlar mavjudligini kashf qildi (ular «Rahmatullin toʻlqinlari» nomini oldi). Bu kashfiyot inshootlar zaminini hisoblash va ularni loyihalashda, kema zirhi mustahkamligini aniqlash va b. masalalarni hal qilishda qoʻllaniladi. Rahmatullinning aerostatlarning troslarga koʻndalang urilishiga bagʻishlangan ishlari 2-jahon urushi yillarida Moskva mudofaasi tizimini tayyorlashda keng qoʻllanildi. Rahmatullin rahbarligida paxta chigitidan lint (kalta tolalar) ni aerokimyoviy usul bilan ajratib olish texnologiyey va nazariyasi ishlab chiqildi.

Oʻzbek olimlari F. Abutaliyev, Ye. I. Buzin, G. A. Koshevnikov, J. Fayzullayev va b. R. ning shogirdlari hisoblanadi. Rahmatullin Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1968). Toshkentdagi koʻchalardan biri Rahmatullin nomi bilan atalgan.

As: Gazovaya dinamika, M., 1954; Osnovы gidrodinamiki vzaimopronikayuщix dvijeniy sjimayemыx sred, M., 1956; Teoriya osesimmetricheskogo parashyuta, M., 1980; Vzaimodeystviye sred i poley, T., 1985; Ad.: Latipov Q. Sh., Ergashev E. V., Fan soʻqmoklaridan, T., 1969; Akademik Xalil Ahmedovich Rahmatullin, T., 1999.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x