RAHIMOVA Gavhar Artyomovna Petrosyan (1911.7.11, Margʻilon — 2003.18.2, Toshkent) — raqqosa, baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1965). Tamaraxonimnushg singlisi. 1924 — 27 y. lar Margʻilondagi bolalar uyida tarbiyalangan va u yerda Usta Olim Komilov rahbarligidagi dutorchi qizlar toʻgaragiga qatnashib, Tamaraxonimdan raqs asoslarini oʻzlashtirgan. Qoʻqon (1927—28), Samarqand (1928 — 30, 193337), Andijon (193033), oʻzbek harbiy teatrlarida aktrisa, raqqosa va baletmeyster. Mohinbonu («Farhod va Shirin»), Xoljon xola (F. Zafariy, «Halima»), Zebo («Arshin mol olon»), kabi obrazlar yaratgan. 1937—39 y. lar Oʻzbek Davlat musiqali teatrida yakkaxon raqqosa. Oʻzbek davlat filarmoniyasida xotinqiz dutorchilar ansamblida(1939—40), Xorazm garmonchilar ansamblida (1940 — 41), Oʻzbek davlat xotinqizlar front ansamblida (1941— ya45), Oʻzbek davlat filarmoniyasi va estradasida (1945 — 68) raqqosa, baletmeyster, badiiy rahbar. 1968 i. «Lazgi» ansamblini tashkil etgan va unga 1982-y. gacha rahbarlik qilgan. 1983-y. dan oʻzi qayta tashkil qilgan Zebo Gʻaniyeva nomidagi konsertfront sayyor brigadasining rahbari boʻlgan. Rahimova ijod etgan «Ufori soxta», «Buxorocha», «Uygʻurcha», «Ozarbayjoncha», «Andijon samosi», «Usmoniya», «Gul oʻyin» kabi va «Katta oʻyin» (Usta Olim Komilov bilan hamkorlikda), «Ufori soxta», «Oʻzbekiston qizlari», «Jayxun misoli lazgi», «Koʻzim qarosi», «Lazgi salomi» singari raqslari bilan oʻzbek raqsi rivojiga munosib hissa qoʻshdi. «Elyurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые