RAHIMOV Gʻofir Rahimovich (1905, Toshkent — 1972, Leningrad; Toshkentda dafn etilgan) — elektrotexnika sohasidagi olim, prof. (1958), Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1964), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964). Leningrad untida oʻqigan (1923—26), Leningrad Politexnika in-tini tugatgan (1931). Oʻrta Osiyo energetika in-tida assistent (1932-y. dan), dotsent (1933-y. dan), kafedra mudiri (1934-y. dan), prorektor (1956 — 62), muhandislikfizika f-ti dekani (1962— 65). Ilmiy ishlari elektrotexnika, elektronika, elektr zanjirlari va tizimlariga, elektr ferromagnit zanjirlarning avtoparametrik uygʻonishi nazariyasi masalalariga doir. Oʻzbekiston Energetiklar va elektr sanoati xodimlari i. t. jamiyati raisi (196372).
As: Elektronika, T., 1968.