RAHIMOV Akbar Muhiddinovich (1949.1.1, Toshkent) — kulol, Toshkent kulollik maktabining namoyandasi. Oʻzbekiston BA akad. (1997), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1991). Toshkent politexnika inti (1971) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-ti (1979)ni tugatgan. Rahimov otasi MuhiddinLirgshovdan hunar oʻrgangan; R. ijodida Toshkent kulollik maktabi anʼanalari (ayniqsa, «chizma» usuli) rivojlantirilgan hamda milliy kulollik sanʼatining koʻp asrlik yutuqlari, shaklshamoyili, rang, sir, naqshlar ijodiy oʻzlashtirilib boyitilgan. Anʼanaviy kulollikning kosagarlik va koʻzagarlik soxalarini qoʻshib olib boradi: lagan, likobcha, kuza, kosa, piyola, xumcha, guldon va b. ; shu buyumlardan iborat tuplam (serviz)lar tayyorlaydi, yangi zamonaviy manzarali kulollik asarlari ham yaratadi: «Mashrafa» guldonlari, «Kupbarg», «Dastagul» nusxali shokosalar, «Qirgʻovul» palov servizi (1984—85), «Uchta vaza» (1990), «Shobarg», «Guli anor», «Guli uram», «Gulsafsar», «Karnaygul» laganlari, «Qushlar uyini» namoyoni (1979), «Anor sharbati» favvorasi (1982), panjara va vitrajlari (1988), moʻri (1990) va b.
Rahimov 1966-y. dan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etadi, shaxsiy koʻrgazmalari tashkil etiladi. Ishlaridan namunalar respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylari, xususiy kolleksiyalarda saqlanadi. Rahimov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2000).
Rahimovning oʻgʻli Alisher Akbarovich (1975.24.6, Toshkent), buvasi usta Muhiddin va otasidan hunar oʻrgangan; anʼanaviy uslubda ijod qilib anʼanaviy badiiy buyumlar (koʻza, lagan, xumcha, shokosa va b.)ni oʻziga xos tarzda tayyorlab, toshkent kulolligining rivojiga hissa qoʻshmoqda.
«Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (2002).