RADOM — Polshaning markaziy qismidagi shahar. Radom voyevodasining maʼmuriy markazi. Aholisi 232,3 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (tikuv mashinalari, telefon apparatlari i. ch.), kimyo, koʻnpoyabzal, oyna-shisha, oziq-ovqat (tamaki, goʻsht) sanoati korxonalari bor.
R. Polshaning qad. shaharlaridan. Qoʻlyozmalarda 12-a. dan tilga olingan. 1505-y. da Radomda Radom konstitutsiyasi qabul qilingan. 14—16-a. larda Polsha majlisining qarorgohi boʻlgan. 14—18a. larda qurilgan meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.