Muammo dema-dema,
Muammo dema, de.
Muammo dema-dema,
Muammo bo`ladi! (x2)
Ko`pchilik hozir ish bilan band,
Bolam-chaqam, bozor-o`char.
Oldi-sotdi, uyda ro`zg`or,
Hammaning boshida muammosi bor.
Bo`ldi, man bugundan boshlab
Ish bilan ovora bo`laman.
Tadbirkorlik, oldi-sotdi qilib,
O`zimga bir yaxshi yo`lni topaman.
Biznes bu yaxshi narsa,
Agar yaxshiroq mablag`ing bo`lsa.
Qo`ling uzun, tiling o`tkir,
Hamma joyda sani hurmating zo`rdir.
Hozirgi zamonda shuni bilish kerak,
Rioya etish kerak shunday odatga:
Ko`rpachaga qarab oyog`ingni uzat,
Osilmagin bunchalik baland dorga!
Bekor o`tirma, ish bilan band bo`l,
Bekorchi hozir hammaga og`ir yuk.
Yangilik top, kel o`zingni ko`rsat,
O`zingni ko`rsat, ishbilarmon bo`l. (x2)
Chopde-chopde uyoq-buyoqqa,
“Лимон туда, лимон сюда”.
Biznes zo`r, ish ko`pligidan
Tinchlik yo`q hatto telefonga.
Allo, bugun manga dam olish kun,
Madaniy hordiq chiqaraman man bugun.
Shahrimiz o`zi dam oladigan shahar,
Toshkent shahrida odamlar to`la sahar.
Yugur-yugur uyoqqa, yugur-yugur bu yoqqa,
Hammaning boshida muammo yetarli.
Bundan ko`pchilikning dam olishga vaqti yo`q,
Vaqti bo`lsa ham bunga iloji yo`q.
Lekin bu narsalar mani to`xtata olmaydi,
Bugun faqat mani xohlaganim bo`ladi.
Men xohlayman dam olishni,
Ertadan ish boshlashni.
Bekor o`tirma, ish bilan band bo`l,
Bekorchi hozir hammaga og`ir yuk.
Yangilik top, kel o`zingni ko`rsat,
O`zingni ko`rsat, ishbilarmon bo`l.
“Фишка” emasman, “подарка”masman,
O`yinchi man-a yomon o`ynasam ham.
Mana shoh, mana mot, bor yog`i ikkita “ход”,
Sanga sakramagin dedim, o`ylab qadamingni bos.
O`zingga mos raqib tanlagin, iltimos,
Mag`lubiyat yana, topolmading joy pana
Bekingani, uyalganingdan nachora?
Namuncha bechorasan-a, san bekor o`tirma.
Bekor o`tirma, ish bilan band bo`l,
Bekorchi hozir hammaga og`ir yuk.
Bekor o`tirma…
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.