RADIOTELEOʻLCHASH

RADIOTELEOʻLCHASH, radiotelemetriya — turli fizik, texnik va b. kattaliklarni uzokdan turib oʻlchash. Oʻlchanadigan kattalik elektr signallarga aylantirilib, nazorat punktiga radio orqali uzatiladi. Radioteleoʻlchash tizimida oʻlchanadigan kattalik datchik yordamida radiouzatkichning yuqori chastotali tebranishlarini modulyatsiyalovchi (q. Modulyatsiya) elektr signallariga aylanadi. Bir vaqtda bir nechta kattaliklarni oʻlchash uchun koʻp kanalli radioalokadan foydalaniladi. Qabul qilish st-yasida signallar fotoplyonka, magnit lenta va b. ga yozib olinishi mumkin (q. Radiotelemexanika).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x