RADIOLYARIYALAR, nurlilar (Raliolaria) — soxta oyoqli bir hujayrali hayvonlar kenja sinfi. Oʻlchami 40 mkm dan 1 mm gacha. Dengiz planktoni. Radiolyariyalar endoplazmasi ichki kapsula va mineral skelet bilan chegaralangan. Tanasidagi teshikchalaridan tashqariga ipsimon soxta oyoklari (psevdopodiylar) chiqib turadi. Yadrosi bitta, koʻp marta boʻlinib, 2 xivchinli erkin suzib yuradigan zoosporalar, ulardan Radiolyariyalar hosil boʻladi. Jinssiz koʻpayadi. Asosan, suvi iliq dengizlarda tarqalgan. Radiolyariyalar skeleti suv tubiga choʻkib, choʻkma jinslar tarkibiga kiradigan Radiolyariyalar loyini hosil qiladi. Metallarga ishlov berish va jilvir qogʻozlar tayyorlashda foydalaniladigan trepel R. skeletidan iborat.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые